“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:48
ЎЗO‘Z

Britaniya eksperti: “O‘zbekiston faolligidan Markaziy Osiyo yutadi”

02 apr, 21:20 4 172 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniya eksperti: “O‘zbekiston faolligidan Markaziy Osiyo yutadi” Sent-Endryus universiteti (Buyuk Britaniya) katta ilmiy xodimi Matteo Fumagalli joriy yil 26–27-mart kunlari mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini mintaqada o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish yo‘lida tashlangan muhim qadam, deya baholadi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Shotlandiya oliy o‘quv yurtining vakili mazkur xalqaro konferensiyani sharhlar ekan, Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu tadbir O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro rolini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyodagi xavfsizlikka o‘z hissasini qo‘shish asnosida yaqin qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan O‘zbekiston hozirgi rahbariyatining intilishlarini namoyon etishini alohida ta’kidladi.

Tinch va osoyishta Afg‘oniston strategik va iqtisodiy nuqtai nazardan O‘zbekistonning o‘rni yanada ahamiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi, — dedi u. — Toshkentning barqarorlik, xavfsizlik va izchil rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol va tashabbuskor siyosat yuritayotgani butun mintaqa farovonligiga xizmat qiladi. Darhaqiqat, tinchlik yo‘lidagi bunday sa’y-harakatlar davlatlararo va transchegara savdo-sotiq, transport, energetika va suv infratuzilmalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan uzoq kuttirmasdan o‘zining ijobiy samaralarini beradi.

Britaniyalik ekspertning fikr bildirishicha, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun lozim darajada vaqt va va sa’y-harakatlar kerak bo‘ladi. Bu ayniqsa, Afg‘onistonga tegishlidir. Chunki bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar o‘rtasida yarashuvga erishish yuzasidan ilgari ham urinishlar bo‘lgan, biroq ular hali o‘z natijalarini bergani yo‘q. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish nuqtai nazaridan O‘zbekiston ko‘zlagan maqsadga erishish uchun vaqt, doimiy e’tibor va eng muhimi, moddiy hamda insoniy resurslar talab etiladi.

— Umuman olganda, Toshkent konferensiyasi yangi tashqi siyosatning O‘zbekiston, uning xalqi va qo‘shni mamlakatlar uchun ulkan imkoniyatlar ochib berayotganini namoyon etdi, — dedi britaniyalik olim. — Mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari faollashgani tufayli katta g‘ayrat va ishtiyoq kuzatilmoqda.

O‘zini mintaqadagi o‘zaro hamkorlikni hamda iqtisodiy va xavfsizlik bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar hal qilinishi uchun yutqiziqsiz qarorlar qidirishni ta’minlayotgan muhim mintaqaviy markaz sifatida namoyon etayotgan O‘zbekistonning faolligidan Markaziy Osiyo yutadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 528
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar