“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:31
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

26 mar, 20:51 5 048 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini qabul qildi Bugun, 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi. U mamlakatga Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro aloqalar» yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish kelgan AQSh AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni tashrifi bilan qutlar ekan, qo‘shma sa’y-harakatlar tufayli o‘zbek-amerika munosabatlari yangi rivojlanish dinamikasiga ega bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga, uni yanada to‘ldirishga yordam beradi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi muntazam siyosiy muloqotga yuksak baho berildi. AQShning yetakchi kompaniyalari va banklari bilan savdo, sarmoya hamda yuqori texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat haqida fikr almashildi. Ta’kidlandiki, tomonlar afg‘on mojarosini hal etish uchun tinch siyosiy jarayonning tezroq boshlanishi tarafdoridir.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, bu davlatning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi borasidagi sa’y-harakatlari qo‘llab-quvvatlanishi tasdiqlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti AQSh prezidenti Donald Trampga Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va uning ishida AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

AQSh Davlat kotibi o‘rinborasi Tomas Shannon ushbu forumda ishtirok etishga taklif etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ushbu muhim xalqaro tadbirning o‘z vaqtida o‘tkazilayotgani va dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi.

Amerikalik diplomat mamlakatda davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zgarishlar, shuningdek, iqtisodiy islohotlar yuqori baholadi.

Mamlakat rahbariyati nomidan u AQSh O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklikni mustahkamlash tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar