“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:35
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida 27,8 kilometr gaz tarmoqlari kapital ta’mirlanmoqda

23 noya, 17:55 5 932 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida 27,8 kilometr gaz tarmoqlari kapital ta’mirlanmoqda

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida gaz taqsimoti tizimlari rekonstruksiya qilindi. Eski gaz quvurlari to‘liq almashtirildi, deb xabar qiladi O‘zA.

Joriy yilda 27,8 kilometr gaz tarmoqlarini kapital ta’mirlash belgilangan edi. Ayni paytda bu boradagi ishlar o‘z nihoyasiga etkazilmoqda. Erosti gaz quvurlarini ta’mirlashda polietilen quvurlar tortishning zamonaviy «quvur ichida quvur» texnologiyasidan foydalanilmoqda. Ushbu texnologiya mablag‘ va vaqtni tejash imkonini beradi.

Gaz ta’minoti tizimida gaz nazorati punktlari muhim bo‘g‘in hisoblanadi. O‘rta va yuqori bosimli 2 ming 232 gaz nazorati punkti taftish hamda profilaktika ko‘rigidan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda aniqlangan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, eskirgan va kam quvvatli uskunalar almashtirildi.

Aholining gaz ta’minoti bo‘yicha shikoyatlari texnik kengashda ko‘rib chiqilmoqda. Joriy yilda aholidan kelib tushgan arizalar va gaz uskunalarining texnik tekshiruvidan so‘ng Mirobod tumanidagi Temiryo‘lchilar ko‘chasidan to Sarako‘l ko‘chasigacha bo‘lgan 4,4 kilometrlik gaz quvurini almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Erosti gaz quvurlari xizmatining zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va ancha chuqurlikdagi gaz quvurlarining shikastlangani hamda gaz chiqishini aniqlashga qodir mobil laboratoriyasi yordamida 1300 kilometrlik gaz tarmog‘i tekshiruvdan o‘tkazildi. Aniqlangan barcha nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, 102,6 kilometrlik erosti gaz quvuri qayta tiklandi.

Erosti quvurlari xizmati nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu xizmat quvurlarning holatini muntazam monitoring qilib boradi. Jadvalga muvofiq, quduqlarning gaz bilan to‘yinish darajasi o‘lchanmoqda, gaz ta’minoti trassalari ko‘rib chiqilmoqda. Nosozliklar va gaz sirqib chiqishi aniqlanganda ta’mirlash ishlari olib borilayotir. Bundan tashqari, har bir tumanning o‘z avariya xizmati mavjud. Avariya xizmati kechayu kunduz ishlaydi va erosti gaz quvurlari hamda iste’molchilarning o‘lchov priborlarini ta’mirlaydi.


Manba: Daryo.uz





Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar