“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 12:14
ЎЗO‘Z

Chet ellardagi o‘zbekistonliklardan Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tuzilmoqda

08 mar, 09:04 5 091 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chet ellardagi o‘zbekistonliklardan Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tuzilmoqda Huquq, moliya, sanoat, fan, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy munosabatlar va davlat boshqaruvi sohalarida mutaxassis hisoblangan o‘zbekistonlik ekspertlar ishtirok etuvchi Buyuk Kelajak ekspertlari kengashini shakllantirish ishlari boshlandi. Bu haqda kengash saytida xabar qilindi deb yozadi Gazeta.

Buyuk Kelajak kengashining asosiy vazifasi -O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modelini ishlab chiqish va mamlakat rahbariyati uchun takliflar tayyorlashdan iborat. Model xalqaro tajriba va mamlakatdan chiqqan mutaxassislarning shaxsiy tajribalari asosida O‘zbekiston bozori obyektiv tahlil qilingan holda ishlab chiqiladi.

Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya va Yaqin Sharqda yashayotgan 32 nafar o‘zbekistonlik ekspertlar kengashining ilk a’zolari bo‘lishdi. Jumladan:

Alisher Kalonov — Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi raisi, Investitsiya divizioni rahbarining o‘rinbosari — «ROSNANO"da Istiqbolli loyihalarni rivojlantirish bo‘limi rahbari, Moskva.

Sherzod Yusupov — “Bank Vostochniy” va “Modulbank” mulkdori va direktorlar kengashining a’zosi, Rossiya.

Sobir Shodiyev — Eurasian Resources Group (ERG) kompaniyalari xalqaro guruhining Nazorat kengashi raisi maslahatchisi, Ostona.

Baxrom Ismoilov — Buyuk Kelajak ekspertlari kengashining ijrochi direktori. RF Huquqni himoya qilish idoralari va maxsus xizmatlari xodimlari Assotsiatsiyasining sud-huquq masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. RF Davlat Dumasi Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining ekspertlari kengashi a’zosi

Dilbar Fayziyeva — Birinchi kanaldagi “Dobroye utro (Xayrli tong)” dasturi boshlovchisi, Moskva.

Shavkat Qodirov — Tibbiyot fanlari nomzodi, neyrojarroh, akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy neyrojarrohlik tibbiy-tadqiqot markazida bolalar jarrohi, Moskva.

Aleksandra Begayeva— “Begayeva i Partneri (Begayeva va Hamkorlar)” asoschisi va boshqaruvchi hamkor, yuridik fanlar nomzodi, professor, doktorant, O.Ye.Kutafin nomidagi MDYA tadbirkorlik huquqi o‘qituvchisi, Moskva.

Ilxom Ismoilov — plov.com asoschisi, har yili o‘tkaziladigan “Yosh milliarder maktabi 2016” Forbes startaplari tanlovi g‘olibi.

Yaroslav Podsevatkin— “ATON” Investitsiya kompaniyasi treydingi rahbari, hamkori, Moskva.

Oybek Shayxov — Strategik biznes boshqaruvi va muzokaralar olib borish sohasida mustaqil ekspert. Neft-gaz tarmog‘ida 12 yildan ziyod muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega, Bryussel.

Timur Jumaniyozov — Moneymatika.ru moliyaviy supermarketi asoschisi va marketing bo‘yicha direktor, Moskva va boshqalar ushbu kengash a’zosi hisoblanadi.

Buyuk Kelajak ekspertlari kengashini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bahorda ekspertlar kengashi tomonidan birinchi forum tashkil etiladi. Unga xalqaro konsalting kompaniyalari ham taklif etilib, O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modeli yo‘nalishlari ochiq muhokama qilinadi.

O‘zbekistonni rivojlantirishning uzoq muddatli modeli bo‘yicha Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tomonidan tayyorlangan takliflar ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 22
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 213
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 131
  • Bo‘limlar