“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro “qora ro‘yxat”dan chiqarildi

08 mar, 01:25 5 243 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro “qora ro‘yxat”dan chiqarildi Prezident farmoni bilan 2700 mahkum afv etildi, insoparvarlik tamoyili asosida 1932 mahkum ozodlikka chiqarildi. 8835 mahkum manzil koloniyalariga o‘tkazildi. 9462 mahkumga tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. Bu haqda Xalqaro Press klub sessiyasida ishtirok etgan IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.

“Ko‘pchilik pushaymonlik arizasi haqida turlicha tushunchaga ega. Shunga aniqlik kiritmoqchiman. Terrorizm-ekstremizm borasida ko‘pchilikda har xil tushunchalar bor.

Toshkentda, respublikamizning bir qancha joylarida portlashlar sodir etildi, qurbonlar bo‘ldi. Farzandlar yetim qoldi. Bugungi davlat siyosati esa, jinoyatchini jazolash emas, balki jinoyatchilikni barvaqt oldini olishdir.

Shu sababli, davlat komissiyasiga jinoyatchining shaxsiyatini atroflicha o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Qo‘ni-qo‘shnilar, xotinidan eri haqida, eridan xotini haqida, mahalladagi jamoatchilik fikrlari o‘rganilyapti. Diniy ulamolar tomonidan mahbuslar, maxsus ro‘yxatda turganlar fikrlari o‘rganilyapti. Bugun men ochiq aytaman, O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro diniy-ekstremistik oqimga doir maxsus hisobdan chiqarildi. Ular barcha o‘zbekistonliklar singari huquq va majburiyatlarga ega bo‘ldi”, - dedi IIV general-mayori Qutbiddin Burhonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar