“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:23
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev ayollarni bayram bilan tabrikladi

07 mar, 19:50 8 792 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev ayollarni bayram bilan tabrikladi O‘zbekistonda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Bu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo‘tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir, — dedi Prezident. — Mening tilagim, mening maqsadim bitta – oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.

Davlat rahbarining 2018 yil 2 martdagi qaroriga muvofiq, bu yil yangi tartib asosida 28 nafar faol qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, bugun, 7 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekkan edi.

Mamlakatning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan opa-singillarimiz, turli vazirlik va idoralar vakilalari to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘ldi.

Tadbirga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomat ayollar, jumladan, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Misr Arab Respublikasi elchilari ham taklif qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar