“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:40
ЎЗO‘Z

“Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri O‘zbekistonda

27 fev, 08:06 3 799 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri O‘zbekistonda Musulmon olamida luqmaning halol bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda “Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo aholisining taxminan 1,8 milliardi, ya’ni yer aholisining 24 foizini musulmonlar tashkil etadi. Bu ham “Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Halol” standarti qabul qilinishi, yurtimizga ushbu soha bo‘yicha xorijiy ekspertlarni tashrif buyurishiga, tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini yuqori standart talablari asosida ta’minlashga zamin yaratmoqda.

Jumladan, 26 fevral sanasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Ispaniyadan “Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri Tomas Herrero O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Qo‘mita rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida “Halol turizm” mavzusida Qo‘mita xodimlari va uning tizimidagi tashkilot vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Tomas Herrero “Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri, IE Business School-Sovereign Wealth Lab, IADB maslahatchisi, “Fletcher” maktabidagi “SovereigNET” tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, Horwath HTL'ning strategik maslahat va madaniy razvedka bo‘yicha direktori, Dinor Standardida Ispaniya va Lotin Amerikasi katta huquqshunosi, Carlos III de Madrid Universiteti Universiteti professori hamda halol sanoati bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar