“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:22
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi

25 fev, 19:42 6 763 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi O‘zbekistonda yaqin fursat ichida Rossiyaning beshta yetakchi oliy o‘quv yurti filiallari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Komilovning so‘zlariga ko‘ra, madaniy-gumanitar soha ikki mamlakat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“O‘zbekistonda yaqin fursat ichida ”Moskva po‘lat va qotishmalar“ milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Moskva arxitektura universiteti, Rossiya texnologiya universiteti filiallarining ochilishi rejalashtirilgani ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

Abdulaziz Komilovning bildirishicha, bundan tashqari, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali kengayishi ko‘zda tutilmoqda, bu yerda amaliy matematika va informatika, psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari joriy etiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi vakillari Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali 2018 yilda dastlabki talabalarni qabul qilishini bildirgandi. U Olmaliqdagi litseylardan biri negizida faoliyat olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 95
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar