“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:31
ЎЗO‘Z

Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi

23 fev, 09:27 4 999 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi 2018 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Vazirlar uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlar va Markaziy Osiyodagi vaziyat muhokama qilinadi. Bu haqda “TASS”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Tashrif 2017 yil 4—5 aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi asnosida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar doirasida tashkil etilmoqda.

Tomonlar xalqaro vaziyat hamda Rossiya—O‘zbekiston tashqi siyosatining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar. Xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik haqida ma’lumot beradi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018—2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra,“O‘zbekistonning yuqori martabali delegatsiyasiga tarkibidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi Viktor Mahmudov ham o‘rin olgan”.

“Moskva Abdulaziz Komilovning tashrifi keng ko‘lamli sohalarda Rossiya—O‘zbekiston hamkorligini chuqurlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilishiga, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonadi”, — deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar