“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:21
ЎЗO‘Z

Hindistonlik jurnalistlar O‘zbekistonning to‘rt shahriga sayohat qilishdi

23 fev, 07:54 6 223 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hindistonlik jurnalistlar O‘zbekistonning to‘rt shahriga sayohat qilishdi Hindistonning “Sunday Indian” gazetasining bosh muharrir o‘rinbosari – Savrab Kumar Shaxi hamda “Indian Blooms” gazetasining bosh muharriri Sudjoy Dxar Toshkent, Xiva, Samarqand va Buxoroga tashrif buyurishdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Hindistonlik mehmonlar Buyuk Ipak yo‘lining Xitoydan Rimgacha olib boruvchi eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan Buxoro shahriga sayohat uyushtirib, 2500 yillik Buxoroning tor ko‘chalarida kezib, ko‘k gumbazli hashamatli inshootlar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishdi.


O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan Somoniylar maqbarasi, bir necha asrlar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo‘lgan Ark qal’asi, Poi Kalon, Minorai Kalon me’moriy majmualari, Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O‘rta Osiyodagi ikkinchi eng katta masjid – Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasi, Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi Labi Hovuz, Chor Minor majmuasi, Mog‘aki Attor masjidi, Ko‘kaldosh, Ulug‘bek madrasalari, G‘arb va Sharq me’morchiligi uyg‘unligida qurilgan Sitorai Mohi Xosa hind jurnalistlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar, sayohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.




Hindistonlik jurnalistlar Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Ulug‘bek madrasasi, Shohi Zinda maqbaralar majmuasi, Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Ruhobod maqbarasi, Tilla Qori, Sherdor madrasalari hamda Hazrati Hizr masjidi bo‘ylab sayohat qilishar ekan, shahardagi arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan me’morchilik obidalaridan aslo qolishmasligini ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, ular Xiva shahridagi “Nurullaboy” (besh hovli), Ichan qal’a - Ichki shahar va Dishan qal’a - Tashqi shahar, Said Alauddin maqbarasi, Kalta Minor, Muhammad Aminxona madrasasi, Olloqulixon karvonsaroy va madrasasi, Pahlavon Mahmud madrasasi, Tosh-Hovli saroyi, Ko‘hna Ark majmuasi, Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi hamda Polvon darvozasi bo‘ylab sayohat qilishdi va Xivani haqiqatda muzey-shahar ekanini ta’kidlashdi. Mehmonlar milliy Xorazm raqsini maroq bilan kuzatishdi.



Xususan, Kaffol-Shoshi maqbarasi(15-asr), Hazrati Imom arxitekturaansambli(16-asr), Abul Qosim madrasasi(19-asr), Baroqxon madrasasi(16-asr), zamonaviy arxitektura durdonasi hisoblanmish Amir Temur muzeyi, Amir Temur maydoni, Mustaqillik maydoni, Hasti Imom maydoni kabi tarixiy vaarxitektura yodgorliklari, Chorsu bozori va Shastri haykali mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, hind jurnalistlari azim poytaxt - Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qilishdi. Xususan, Kaffol-Shoshi maqbarasi, Hazrati Imom me’morchilik ansambli, Abul Qosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Amir Temur muzeyi va maydoni, Mustaqillik maydoni, Chorsu bozori va Shastri haykali ularda katta taassurot qoldirdi.



Hindistonlik mehmonlarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan esalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 121
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 193
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 76
  • “O‘zgidromet” 13 may kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi 12 мая, 10:34 117
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar