“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 7 ta davlat fuqarolari uchun vizalar bekor qilindi

03 fev, 22:00 6 768 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 7 ta davlat fuqarolari uchun vizalar bekor qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2018 yilning 10 fevralidan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari ekipajlari a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish sanasidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

2018 yilning 10 fevralidan turistik vizalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriluvchi mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Bunda Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucher yoki O‘zbekiston Respublikasidagi taklif etayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs murojaatnomasining taqdim etilishi va vizani ikki ish kunida rasmiylashtirish bo‘yicha talab bekor qilinadi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yilning 1 iyulidan elektron kirish vizalarini berish tizimini ishga tushirish vazifasi yuklandi.

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy turistik mahsulotni ilgari surish markazi» DUK Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markaz» DUKga aylantirildi. U respublika sayyohlik salohiyatini ilgari surishni tashkil etish bo‘yicha vazifalarni amalga oshiradi.

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va «Nuroniy» O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamg‘armasining «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizm Dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. U respublika hududlariga turistik turlar tashkil etishni nazarda tutadi.

Farmon bilan asosiy faoliyat turi tematik bog‘ xizmatlarini tashkil etish bo‘lgan yuridik shaxslar tematik bog‘lar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – yuridik shaxslar daromadiga soliq, yer solig‘i va mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovidan ozod etildi. Tematik bog‘lar, mehmonxonalar hamda boshqa joylashtirish vositalari 2022 yilning 1 yanvariga qadar olib kirilayotgan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskuna, texnika, xomashyo, ehtiyot qismlari, qurilish va boshqa materiallariga bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Bunda ushbu materiallar tematik bog‘lar, mehmonxonalar hamda boshqa joylashtirish vositalari qurilish, rekonstruksiyasi va jihozlanishida ishlatilishi lozim. Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari 2022 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan quyidagilarga bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etildi:

8 va undan ortiq kishini olib yurishga mo‘ljallangan, turistik sinfdagi transport vositalari;

kanat yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlari, funikulerlar va boshqa shunga o‘xshash ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), motor qayiqlar va kvadrotsikllar uchun mexanizmlar va ehtiyot qismlari.

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari S.R. Xolmurodov va Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar