“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston MTRK ABU Boshqaruv Kengashi a’zoligiga qabul qilindi

18 noya, 17:17 6 192 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston MTRK ABU Boshqaruv Kengashi a’zoligiga qabul qilindi

ABU (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi teleradioeshittiruvchilar Uyushmasi)ning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan 52-Bosh Assambleyasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi delegasiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda MTRK matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bosh Assambleya doirasida anjumanlar, seminar va forumlar, shuningdek, elektron OAV dasturlari almashinuvi hamda ABU’ning turli guruhlari bilan teleradio sohasida texnika va texnologiyalar ta’minoti masalalari bo‘yicha qo‘shma majlislar o‘tkazildi. Sport guruhining uchrashuvlarida yirik sport tadbirlarini yoritishda yangicha yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Bosh Assambleyaning Dasturiy Qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasida televidenie va radioeshittirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Evropa va Osiyo kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda OAVning rivojlanishi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining zamonaviy faoliyati, uning ishlab chiqarish va texnik bazasi, yangi axborot va kommunikasiya texnologiyalari, raqamli televidenieni joriy etish, televizion va radioeshittirish dasturlarida sifat va mazmunni yanada boyitish chora-tadbirlari haqida etarlicha xabardor bo‘ldi.

Bosh Assambleya doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi teleradioeshittiruvchilar Uyushmasi rahbariyati bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi delegasiyasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ABU faoliyatidagi ishtirokiga oid masalalar muhokama qilindi.

ABU’ning 52-Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Uyushmaning to‘la huquqli a’zosi sifatida ABU Boshqaruv Kengashi a’zoligiga qabul qilindi. ABU Boshqaruv Kengashi barcha sohalarda tashkilot faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qiladigan to‘la huquqli va qo‘shimcha to‘la huquqli 17 ta a’zo-tashkilotlardan iborat «Direktorlar kengashi» hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida shuni keltirish kerakki, ABU 1964 yil 1 iyulda tashkil etilgan bo‘lib, teleradioeshittiruvchi tashkilotlar birlashmasi hisoblanadi va hech qanday siyosiy yoki tijoriy maqsadni ko‘zlamaydi.

Ayni paytda ABU’ning umumiy a’zolari soni sifatida 75 mamlakatdan 278 ta tashkilot qayd etilgan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 1996 yildan ABU’ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar