“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:56
ЎЗO‘Z

Milliy pasport o‘rnini ID-kartalar egallab, xorijga chiqish pasporti joriy etiladi

26 yanv, 23:43 6 869 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliy pasport o‘rnini ID-kartalar egallab, xorijga chiqish pasporti joriy etiladi O‘zbekistonda amaldagi biometrik pasport xorijga chiqish hujjati sifatida tan olinmaydi. Xorijga chiqish uchun alohida pasport joriy etiladi, dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori Najmiddin To‘raxodjayev «Gazeta.uz"ga.

2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida milliy pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida tan olish taklif qilingan bo‘lsa ham, hujjatning tasdiqlangan talqinida ushbu band olib tashlandi. Ayni paytda fuqarolik pasportini ID-kartalar bilan almashtirish bandi tasdiqlanib, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, xorijga chiqish pasportlarini joriy etishni 2019 yil 1 yanvardan boshlash rejalashtirilgan. Pasport 10 yil muddatga beriladi. Bir vaqtning o‘zida ikki yil muddatga beriluvchi xorijga chiqish stikerlarini (ovir) rasmiylashtirish talabi bekor qilindi.

2019 yil 1 yanvardan so‘ng viza rejimi mavjud mamlakatlarga chiqishda xorijga chiqish muddati tugamagan milliy pasportlardan foydalanish mumkin. Viza talab qilinmaydigan davlatlarga chiqishda esa amaldagi pasportdan 2021 yil 1 yanvargacha foydalanish mumkin.

Najmiddin To‘raxodjayev nima uchun amaldagi pasport xorijga chiqish hujjati sifatida tan olinmagani bo‘yicha «Gazeta.uz» savoliga quyidagicha javob qaytardi:

«Chiqish hujjatini rasmiylashtirish tartiblari ichki pasportni rasmiylashtirish tartiblaridan farq qiladi. Bundan tashqari, xorijga chiqish pasporti tuzilishi va sahifalari soni bilan ham farq qiladi».

ID-kartalarning joriy etilishi haqida so‘zlar ekan, Najmiddin To‘raxodjayev 20 martgacha identifikatsiya kartalarini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

«Biz ID-kartalar joriy etilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz, ular foydalanish uchun qulay. Biroq tegishli infratuzilmalarni yaratish uchun bir oz muddat kerak, texnologik jarayonlarni hisobga olish lozim», — deya oydinlik kiritdi u.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Jo‘rayev «Gazeta.uz"ga izoh berar ekan, ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etilishini tasdiqladi. Amaldagi fuqarolik pasportlari muddati tugashi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida rasmiy hujjat bo‘lgan identifikatsiya kartalari taqdim etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 20 may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 19 мая, 16:26 80
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 137
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 203
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 4
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 31
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 94
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 137
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 152
  • Bo‘limlar