“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:45
ЎЗO‘Z

GM Uzbekistan​ mashina narxlarini pasaytiradimi? Oydinlik kiritildi

08 yanv, 15:24 11 288 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM Uzbekistan​ mashina narxlarini pasaytiradimi? Oydinlik kiritildi 2018 yildan boshlab, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kun.uz muxbiri yangilik ortidan paydo bo‘lgan savollarga javob izlash uchun mutasaddi vakillar bilan bog‘landi.

Mashina aksiz solig‘i stavkasi bungacha qancha edi?

O‘tgan 2017 yil boshida GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizga teng bo‘lgan. Shunday keyin, yilning yozida esa stavka 27 foizgacha tushirilgan, ya’ni aksiz solig‘i 2 foizga kamaytirildi. Ayni paytda uning miqdori 5,4 barobarga kamaytirilib, 5 foiz etib belgilangan. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorda ma’lum qilingandi.

Mashina aksiz solig‘ining pasaytirilishi ishlab chiqarish narxiga ta’sir o‘tkazadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan savol ham ayni shudir. Ya’ni, GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkinmi? Kun.uz muxbiri mutasaddi vakillar bilan suhbatlashib, barcha axborotlarni tahlil qilgach, shunday xulosaga paydo bo‘ldi: aksiz solig‘ining tushirilishi mashina narxiga ta’sir o‘tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.

Mashina aksiz solig‘ini pasaytirishdan maqsad nima?

2017 yil sentyabr oyi ilk kunlaridan boshlab, O‘zbekistonda xorijiy valyuta mablag‘larini liberallashuvi jarayoni boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Har bir sohada kuzatilgani kabi, GM Uzbekistan AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun chet eldan keltirilishi zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, xom-ashyo vositalarining narx siyosatida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan qiymatiga qarab o‘zgarib turadi. Taassufki, yengil avtomobil aksiz solig‘i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig‘i pasaytirilgan.

Havola etilgan ma’lumotlar rasman GM Uzbekistan​ AJ tomonidan tasdiqlanishi yoki e’lon qilinishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar