“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida saylovchilarning 20,4 foizi ovoz berdi

24 dek, 18:03 5 790 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida saylovchilarning 20,4 foizi ovoz berdi 24 dekabr kuni soat 13:00 da Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga o‘tkazilayotgan saylovni yoritish bo‘yicha yagona matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Brifingda Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi H. Karimov bugun soat 6:00 da Toshkent shahrida tashkil etilgan 885 ta saylov uchastkasi ochilganini ma’lum qildi.

Saylovda qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 ta tumanida tashkil etilgan jami 330 ta saylov okrugiga bittadan nomzod ko‘rsatdi. Ya’ni, poytaxtlik saylovchilar 1650 nafar deputatlikka nomzod orasidan Toshkent shahar tuman kengashlariga 330 nafar deputatni saylaydi.

Brifingda O‘zbekiston fuqarolari saylov jarayonida siyosiy faollik ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 1 million 560 mingdan ziyod saylovchining 334 mingdan ortig‘i Toshkent vaqti bilan soat 13:00 gacha ovoz berishda qatnashgani ma’lum qilindi. Bu saylovchilar umumiy sonining 20,4 foizini tashkil etadi.

Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi keng jamoatchilikni ovoz berish jarayonidan xabardor qilish bo‘yicha navbatdagi brifing soat 17.00 da bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Oldinroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz bergani xabar qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 123
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 540
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar