“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:28
ЎЗO‘Z

Propiska tartibi soddalashtirildi

24 dek, 15:23 9 473 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Propiska tartibi soddalashtirildi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-sonli qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati «Kun.uz»ga xabar berdi.

1) Endilikda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.

2) Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi:
- er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi to‘g‘risida mahalla yig‘ini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma’lumotnoma;
- Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.

3) Quyidagi hollarda vaqtinchalik hisobga qo‘yish uchun turar joy ijara shartnomasi yoki turar joydan tekin foydalanish shartnomasi talab etilmaydi.
- fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
- Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar