“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:52
ЎЗO‘Z

Moliya vaziri: «Inflyatsiya darajasi bu yil ham, kelasi yil ham yuqori bo‘ladi»

21 dek, 11:18 11 514 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vaziri: «Inflyatsiya darajasi bu yil ham, kelasi yil ham yuqori bo‘ladi» O‘zbekistonda joriy yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi taxminan 14 foiz, 2018 yilda — 12—13 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 20 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan 13-yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev mansabdor shaxslarga real statistik ko‘rsatkichlarni ma’lum qilishni va kutilayotgan inflyatsiya darajasi haqida ochiq gapirishni topshirgan.

«Ochiq gapiradigan bo‘lsak, ushbu minbarlarda turib ba’zi raqamlarni ma’lum qilganimizda, ko‘pchilik odamlar ichida kulib qo‘ygan holatlar ham bo‘lgan. Shu tufayli inflyatsiya masalasi bo‘yicha hurmatli senatorlar, hokimlarga yuzlanmoqchimiz: yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi rostdan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda, kelasi yil ham baland daraja prognoz qilinmoqda», — dedi u.

U o‘tgan yillarda bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha jiddiy farqlar kuzatilganini aytdi. «Masalan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi bizning inflyatsiyani hisoblash uslubimizni jiddiy tanqid qildi. Sentyabrda Prezidentning statistika tizimini takomillashtirish va XVJning ma’lumotlatni tarqatish umumiy tizimiga qo‘shilish haqidagi qarori chiqqach, statistika sohasida katta o‘zgarishlar kuzatildi. Natijada endi hech bir moliyaviy institut O‘zbekiston noto‘g‘ri hisob-kitoblarni amalga oshirayotganini xayoliga ham keltirmayapti», — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Jamshid Qo‘chqorov statistik axborotning ochiqligi va xalqaro standartlarga o‘tish xalqaro tashkilotlar talablarini bajarish uchun emas, balki birinchi navbatda O‘zbekiston xalqiga haqiqiy axborotni «boricha» berish maqsadida ta’minlanayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, bu mutaxassislarga iqtisodiyotdagi real vaziyatni ko‘rish imkonini beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar