“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 1 mln 350 mingga yaqin ekani ma’lum qilindi

18 dek, 16:21 8 185 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 1 mln 350 mingga yaqin ekani ma’lum qilindi 14 dekabr kuni XPKda bo‘lib o‘tgan sessiyada O‘zbekistonda o‘rtacha oylik daromad qancha ekaniga oydinlik kiritildi. Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Begalovga ko‘ra, shu yilning sentyabr oyi holatiga binoan respublikada o‘rtacha oylik daromad 1 mln 346 ming so‘mdir.

O‘zbekistonda bugungi kunda eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi. Viloyatda 3,7 mln kishi yashaydi. Ikkinchi o‘rindagi Farg‘ona viloyati 3,6 mln kishi, Qashqadaryo viloyati 3,1 mln fuqaroga ega.

Shu yilning sentyabr oyi holatiga binoan 1,3 mln o‘zbekistonlik xorijiy mamlakatlarda yashab, ishlayapti. Shu yilning yanvar-sentyabr oyida respublikada o‘rtacha oylik daromadi 1 mln 346 ming so‘mni (166,31 AQSh dollari) tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,3 foizga o‘sganini anglatadi.

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida jami 5421 ta korxona faoliyat yuritsa, shundan 3045 tasi qo‘shma korxonalar, 2376 tasi xorijiy kapital hisobiga barpo etilgan korxonalardir. Bunda asosan, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya davlatlari sarmoyadorlari yetakchi hisoblanadi.

O‘zbekiston eksport tarkibining 14,3 foizini energiya manbalari, 6,3 foizini qora va rangli metallurgiya, 6,5 foizini kimyo sanoati mahsulotlari, 6,5 foizini oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etadi. 3,4 foizi paxta, 2,6 foizi mashina va uskunalardan iborat.

O‘zbekistonda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari va 4,5 mln.dan ortiq dehqon yordamchi xo‘jaliklari faoliyat yuritib keladi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar