“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yagona turistik viza joriy etildi

05 dek, 20:28 5 927 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yagona turistik viza joriy etildi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2017 yilning 4 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 2018−2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida turistik vizalar berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 4 dekabrdagi PQ-3423-son «O‘zbekiston Respublikasining Konsullik yig‘imlari tarifiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorida quyidagilar nazarda tutilgan:

Endilikda yakka tartibdagi xorijiy fuqarolarga 30 kun muddatga beriladigan yagona turistik viza joriy etiladi. Avval qisqa muddatli (7 yoki 15 kunga) turistik vizani olgan chet el fuqarolari biror sababga ko‘ra qaytish reysining ushlanib qolishi tufayli ko‘p holatlarda vizani uzaytirish muammosiga duch kelardi.

Yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun kirish turistik vizalarini rasmiylashtirish narxi uchdan bir qismga (60 dollardan 40 dollarga) kamaytiriladi. Turistik vizaning yuqori narxda bo‘lishi mamlakatga sayohat qilish bo‘yicha qaror qabul qilishga to‘siq bo‘luvchi omillardan biri edi.

Guruhlarga mo‘ljallangan turistik vizani rasmiylashtirish uchun quyi chegara ikki barobarga (10 dan 5 nafar kishigacha) kamaytirildi. Avval sayyohlarga 10 kishilik guruhni yig‘ish ma’lum qiyinchiliklarga olib kelgan, sababi guruh ko‘p holatlarda 5 yoki undan ortiq kishidan tashkil topgan oila a’zolari yoki yaqin tanishlar hisobidan shakllantirilardi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qabul qilingan qarori quyidagilarni ta’minlaydi:

- sayyohlik vizalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq rasmiyatchilikni kamaytirish va ehtimoliy turistlar xarajatlarini kamaytirish;

- chet ellik sayyohlar oqimining faollashishi, shu jumladan kichik guruhlardagi turistlar sonining ko‘payishi hisobidan;

- 1 oy muddatga yagona turistik vizani joriy etish hisobidan ularning respublika hududida bo‘lish muddatini uzaytirish.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar