“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yagona turistik viza joriy etildi

05 dek, 10:38 6 543 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yagona turistik viza joriy etildi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2017 yilning 4 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 2018−2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida turistik vizalar berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 4 dekabrdagi PQ-3423-son «O‘zbekiston Respublikasining Konsullik yig‘imlari tarifiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorida quyidagilar nazarda tutilgan:

Endilikda yakka tartibdagi xorijiy fuqarolarga 30 kun muddatga beriladigan yagona turistik viza joriy etiladi. Avval qisqa muddatli (7 yoki 15 kunga) turistik vizani olgan chet el fuqarolari biror sababga ko‘ra qaytish reysining ushlanib qolishi tufayli ko‘p holatlarda vizani uzaytirish muammosiga duch kelardi.

Yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun kirish turistik vizalarini rasmiylashtirish narxi uchdan bir qismga (60 dollardan 40 dollarga) kamaytiriladi. Turistik vizaning yuqori narxda bo‘lishi mamlakatga sayohat qilish bo‘yicha qaror qabul qilishga to‘siq bo‘luvchi omillardan biri edi.

Guruhlarga mo‘ljallangan turistik vizani rasmiylashtirish uchun quyi chegara ikki barobarga (10 dan 5 nafar kishigacha) kamaytirildi. Avval sayyohlarga 10 kishilik guruhni yig‘ish ma’lum qiyinchiliklarga olib kelgan, sababi guruh ko‘p holatlarda 5 yoki undan ortiq kishidan tashkil topgan oila a’zolari yoki yaqin tanishlar hisobidan shakllantirilardi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qabul qilingan qarori quyidagilarni ta’minlaydi
:

- sayyohlik vizalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq rasmiyatchilikni kamaytirish va ehtimoliy turistlar xarajatlarini kamaytirish;

- chet ellik sayyohlar oqimining faollashishi, shu jumladan kichik guruhlardagi turistlar sonining ko‘payishi hisobidan;

- 1 oy muddatga yagona turistik vizani joriy etish hisobidan ularning respublika hududida bo‘lish muddatini uzaytirish.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 553
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar