“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:59
ЎЗO‘Z

Abdulla Aripov Asqar Maminni qabul qildi

25 noya, 19:33 6 309 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Aripov Asqar Maminni qabul qildi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 noyabr kuni Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari sanoat kooperatsiyasi, agrosanoat, harbiy-texnik, aerofazoviy, tranzit-transport sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar yer va sun’iy yo‘ldosh aloqasini masofadan turib zondlash uchun Qozog‘istonning sun’iy yo‘ldoshli guruhi xizmatlarini taqdim etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda Asqar Mamin ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning yanvar-sentyabr oyida 30%ga oshgani hamda 1,5 mlrd. dollarni tashkil etganini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, 2017 yilning oxiriga kelib savdo aylanmasi 2 mlrd. dollarga yetadi.

Mamin 2020 yilga kelib salohiyatni hisobga olgan holda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish kerakligini qayd etdi.

Tomonlar mintaqaviy va chegaraoldi hamkorligi - ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishi mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov shu nuqtai nazardan Mintaqalararo hamkorlik forumini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur forum O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lishi kerak.

Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochil Ramatov tomonidan ham qabul qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosarlari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, tovarlar turlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 513
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar