“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:52
ЎЗO‘Z

«O‘zneftmahsulot»: Biz zarar ko‘rgan holda aholiga benzin yetkazib beryapmiz

14 noya, 14:13 6 861 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zneftmahsulot»: Biz zarar ko‘rgan holda aholiga benzin yetkazib beryapmiz «O‘zbekiston» telekanalining «Muloqot vaqti» ko‘rsatuvida viloyatlar va chekka hududlarda benzin taqchilligi, yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzinning bir necha kunlab bo‘lmasligi, fuqarolarning benzinni qimmat narxlarda qo‘ldan sotib olishiga majbur bo‘layotgani kabi muammolar muhokama etildi.

Ko‘rsatuvga Ichki ichlar vazirligi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, «O‘zneftmahsulot» AJ, Soliq qo‘mitasi mas’ul xodimlari, mahalla raislari, OAV vakillari taklif etildi va o‘rtaga tashlanayotgan masala atroflicha o‘rganildi.

«Daryo» muxbirining O‘zbekistonda benzin narxi oshishi haqida ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlarda tarqalgan gap-so‘zlar qanchalik asosli ekanligi haqidagi savoliga «O‘zneftmahsulot» AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Adhamjon Isomov quyidagicha javob berdi:

«Jamiyatimiz tomonidan aholiga benzin yetkazib berish bo‘yicha qilayotgan iqtisodiy-moliyaviy sarfimizni bugungi kunda sotilayotgan benzin narxi qoplamaydi. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. Aytish mumkinki, biz zarar ko‘rgan holda aholiga benzin yetkazib beryapmiz. Zarar davlat tomonidan qoplab berilyapti. Bugungi kunda barchaga ma’lumki valyuta liberalizatsiyasi bo‘ldi. Biz olib kelayotgan xom ashyomizning bir tonnasi 4100 so‘m miqdorida konvertatsiya qilingan bo‘lsa, endilikda 8100 so‘mdan konvertatsiya qilib, aholiga yetkazib bermoqdamiz».

«O‘zneftmahsulot» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, benzin narxini belgilash jamiyat vakolatiga kirmaydi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining vakolatiga kiradi.

Shuningdek, uning aytishicha, «O‘zneftmahsulot» AJ barcha viloyatlarga yetarli miqdorda benzin yonilg‘isini yetkazib bermoqda. Avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalari xodimlari esa benzinni qo‘lda sotish orqali daromad orttirish maqsadida benzinning sun’iy taqchilligini yuzaga keltirmoqda. Natijada esa iste’molchilar benzinni davlat tomonidan belgilangan narxdan ancha qimmatroq narxga sotib olishga majbur bo‘lmoqda.

Benzin narxining oshishi boshqa iste’mol mahsulotlarining narxi oshishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Chunki benzin narxining oshishi mahsulotlarni tashish va yetkazib berish xizmatlarining narxi qimmatlashishiga olib keladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda eng arzon Ai-80 turidagi benzinning 1 litri 2800 so‘mdan sotilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar