“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyani qabul qilishga tayyor

05 noya, 09:19 6 072 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyani qabul qilishga tayyor 4 noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi elektr energetika Kengashining 51-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari Alisher Sultonov boshchiligidagi davlat hokimiyati organlari va milliy energetika kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi elektr energetika Kengashining 51-majlisida O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalari ham ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, tez orada, hozirda O‘zbekiston orqali Turkmanistondan Markaziy Osiyo energiya tizimiga elektr energiyasini tranzit qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Qirg‘iziston bilan elektr energiya tizimi qishki mavsumda ham yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi iste’molchilariga O‘zbekiston tarmoqlari orqali elektr energiya tranzit qilinadi.

“Bugungi muhim uchrashuvda yetti davlatdan tashrif buyurgan vazirlar ishtirok etmoqda. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad elektr energiya tizimini birgalikda rivojlantirishdir. Bu esa o‘z navbatida qilinadigan ishlarni optimallashtirish, xarajatlarni esa minimallashtirishga imkon beradi. Hozirda O‘zbekiston elektr energiya tizimi MDH davlatlarining energiya tizimi bilan parallel ishlamoqda”, deya qayd etdi "O‘zbekenergo" AJ strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Eso Sa’dullayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yilda Turkmanistonga uyushtirgan davlat tashrifi chog‘ida ham mazkur sohadagi hamkorlik ishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

"Ayni damda O‘zbekiston Turkmanistondan elektr quvvatini qabul qilishga tayyor. Keyinchalik bu tizim elektr energiyani MDH davlatlariga o‘tkazishga yordam beradi. Shuningdek, mamlakatimiz Qirg‘iziston elektr energiya tizimi bilan aloqalarni mustahkamlab, bir milliarddan ko‘proq elektr quvvatini qabul qildi. Bu esa ikki davlat uchun ham foydalidir. Bugungi ko‘rilgan masalalar elektr energiya sohasida texnik jihatdan hujjatlarni qabul qilish, iqtisodiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi rejalarni belgilab olishga o‘z hissasini qo‘shadi”, dedi Eso Sa’dullayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar