2015 yilda O‘zbekistonda paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi 2014 yildagi darajada saqlanib qoladi va 1 mln tonnaga yaqinni tashkil qiladi, deb aytdi 7 oktyabrda jurnalistlarga "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Mahmud Bobojonov.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta tolasi 2014 yil natijalariga ko‘ra, 2013 yilga nisbatan 0,7 foizga, ya’ni 1,095 mln tonnagacha oshdi. Tolaning o‘rtacha chiqishi 33,23 foizni tashkil qilgan.
O‘zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni va uni eksport qilish bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarilgan 60 foiz paxta tolasi tashqi bozorlarga etkaziladi. O‘zbekistonda paxta mavsumi sentyabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi.