“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:32
ЎЗO‘Z

Samarqand viloyatidagi dorixonalar litsenziyasi yangilanmoqda

27 okt, 18:56 8 373 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand viloyatidagi dorixonalar litsenziyasi yangilanmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 17 iyuldagi «Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Qarorda dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangidan joriy etilgan talablarga asosan ularning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bo‘yicha amaldagi litsenziyasi 2018 yil 1 yanvarga qadar qayta rasmiylashtirilishi shart ekani belgilangan. Qayta rasmiylashtirish ishlari yangi litsenziyalovchi organ – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu maqsad uchun hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘’balari tashkil etildi.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘’basida ham qayta litsenziyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgacha «Yagona darcha» markazlari orqali viloyatdagi 140 dan ortiq dorixonani qayta litsenziyalash uchun ariza qabul qilindi. O‘ndan ortiq ariza noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani bois qayta topshirish uchun qaytarildi.

Viloyat komissiyasi ayni paytgacha 47 dorixona muassasasiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berdi. Ushbu litsenziyalarning 26 tasi «Samarqand dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy dorixonalar hisoblanadi.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi 900 ga yaqin dorixona mavjud.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 551
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar