“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:19
ЎЗO‘Z

Bugun Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ish boshlaydi

05 okt, 14:41 9 460 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ish boshlaydi Toshkent shahrida 5-7 oktyabr kunlari XXI "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda "Ipak yo‘lida turizm - 2015" ekspozisiyalari zamonaviy O‘zbekiston ko‘rgazma kompleksining 2 ming kvadrat metrli 1- va 2- pavilonlari hamda yozgi ochiq maydonda namoyish etiladi.

Mazkur pavilonlarda etakchi sayyohlik firmalari, mehmonxona komplekslari, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining hududiy bo‘limlari va turli mamlakatlarning sayyohlik sohasida faoliyat olib boruvchi xususiy kompaniyalari o‘z sayyohlik dasturlarini namoyish etishadi, deya xabar bermoqda “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati.

Mazkur tadbirda 700dan ziyod kompaniyalar, jumladan, sayyohlik tashkilotlari, mehmon uylari, mehmonxona va mehmonxona tarmoqlari, aviakompaniyalar, Dominikan Respublikasi, Malayziya, Singapur, Qozog‘iston, Tojikiston, BAA, Turkiya, Latviya, Slovakiya, Hindiston, Tailand, Turkmaniston, Fransiya, Xitoy, Ispaniya, Vetnam singari turli davlatlarning sug‘urta kompaniyalari ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida milliy sayyohlik mahsulotlarining professional xaridorlari uchun “Hosted Buyers” dasturi, V2V shaklidagi biznes-uchrashuv, Jahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Madaniy merosni saqlash va uning O‘zbekiston turizmidagi ulushi” mavzusida Xalqaro konferensiya tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 7000 dan ziyod tarixiy, me’moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan.

Ularning 140 tasi YuNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan tarixiy yodgorliklar qatoriga kiritilgan.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1995 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan "Ipak yo‘lida turizm" nomli Toshkent xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi etuk mutaxassislar tomonidan ilg‘or xalqaro tadbir sifatida baholanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan e’tirof etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar