“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:42
ЎЗO‘Z

Toshkentda tuxum nega qimmatlashdi?

29 sen, 23:02 9 375 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda tuxum nega qimmatlashdi? So‘nggi yarim oy ichida Toshkent do‘konlarida tuxumning narxi 300-400 so‘mga oshib ketdi. Keyinchalik narxlar xiyol tushgan bo‘lsa ham, ular hanuzgacha mo‘’tadil emas.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda 2015 yil ko‘rsatkichlariga muvofiq mavjud korxonalarning salohiyati kishi boshiga 157 dona tuxum etkazib berishga etarli. Yilning birinchi yarmida 2.8 mlrd dona tuxum etkazib berilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11.6 foizga ko‘proqdir. 2010 yilda aholi o‘rtasida tuxum iste’mol jon boshiga 110-120 donani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 180-190 donaga etishi mumkin. Shunga qaramay, tuxum narxi tavsiya qilingan 270-300 so‘mdan ikki barobarga oshib, o‘rtacha 530-600 so‘mni tashkil qilmoqda.

Bu holatning sababini “Parrandasanoat” uyushmasi rahbari o‘rinbosari Po‘lat Rahmatullaev tushuntirishga urinib ko‘rdi.
“So‘nggi besh yil ichida parrandalar ozuqa narxi ham 2.5-4 baravarga oshgan, - dedi u “Darakchi” gazetasi bilan suhbatda. – Bu payt ichida tuxum narxi bor-yo‘g‘i 1.5 marta oshdi, xolos. Joriy yil boshidan beri tuxumning tannarxi 300-320 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq ayrim xo‘jaliklar uning donasini 250-300 so‘mdan sotishgan. Bu esa xo‘jaliklarga katta ziyon keltirgan. Bu o‘z navbatida ayrim parranda fabrikalarini inqiroz yoqasiga olib keldi. Ozuqa narxining ham oshib ketayotgani bu holatni yanada keskinlashtirdi. Natijada bugungi kunda tuxumning tannarxi 410-430 so‘mga etib qoldi”.

“Tez orada narxlar tushishi kutilmoqda, - so‘zida davom etdi amaldor. – Hozir parranda fabrikalari tuxumni 450-500 so‘mdan etkazib berishmoqda. Bu narx ularni inqirozdan saqlab qolishda yordam beradi, deb umid qilamiz”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar