“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:51
ЎЗO‘Z

1 oktyabrdan boshlab paxta terimi uchun to‘lov tarifi o‘zgaradi

26 sen, 10:33 8 267 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 oktyabrdan boshlab paxta terimi uchun to‘lov tarifi o‘zgaradi O‘zbekiston hukumatining «2017 yil hosili paxta xom ashyosining xarid narxlari to‘g‘risida»gi qarori bilan qo‘lda terilgan paxta xom ashyosining 1 kilogrammi uchun 450 so‘mdan belgilangan xarid narxi 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab — 500 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, hujjatga muvofiq, mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so‘mdan to‘lanadi.

Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga amalda topshirilgan paxta xom ashyosi uchun terimchilarga terim pullarini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa — har kuni to‘lash tavsiya etildi.

Qarorga muvofiq, paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi.

«O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati paxta yig‘im-terimi mavsumida tashkil etiladigan terimchilar otryadlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qiladi.

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankiga — «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otryadlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etildi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar