“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston jahon biznes yuritish qulayligi reytingida 87-o‘rinda

22 sen, 09:51 7 072 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston jahon biznes yuritish qulayligi reytingida 87-o‘rinda Jahon banki o‘zining navbatidagi «Biznes yuritish-2017: barcha uchun teng imkoniyatlar» deb nomlangan yangi reytingini e’lon qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Bruney-Dorussalom, Keniya, Qozog‘iston, Belarus, Indoneziya, Serbiya, Gruziya, Pokiston, BAA va Bahrayn «biznes yuritish»ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2015-2016 yillarda eng yaxshi natijalarga erishgan mamlakatlar 10 taligidan joy olgan.

Ushbu mamlakatlar, umumiy hisobda jami 48 ta tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o‘tkazgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, reytingga kiritilgan 190 davlatning har birida tadbirkorlik qilish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan kamida bitta islohot olib borilmoqda. Ammo Yevropa va Markaziy Osiyo tadbirkorlik sohasida kamida bitta islohot o‘tkazayotgan mamlakatlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi.

Reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya egallagan. Ikkinchida Singapur, uchinchida Daniya joylashgan. Hong Kong, Koreya respublikasi, Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya va Makedoniya kuchli o‘nlikka munosib ko‘rilgan. Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqoriko‘rsatkich Gruziyaga tegishli bo‘lib, u 16-o‘rinda. Markaziy Osiyo respublikalari orasida eng yaxshi natijani 35-o‘rinda joylashgan Qozog‘iston ko‘rsatmoqda. Qirg‘iziston 75-, Tojikiston 128-o‘ringa joylashtirilgan. Turkmaniston reytingga qabul qilinmagan.

Jahon banki reytingini tuzish bo‘yicha tadqiqotchilari O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyati va qulaylik muhitini respublikani 87-o‘ringa munosib ko‘rish bilan baholagan.


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar