“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Yirik soliq to‘lovchilar kodeksda aks ettiriladi

21 sen, 14:29 7 159 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yirik soliq to‘lovchilar kodeksda aks ettiriladi Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan ikkita loyiha QHTBT portalida joylashtirildi, deb yozmoqda Norma.uz sayti.

Birinchi loyiha yirik soliq to‘lovchilar ta’rifini o‘z ichiga olgan. Loyihaga ko‘ra bu yakka tartibdagi soliq ma’muriyatchiligi ta’siri doirasiga tushadigan alohida toifadagi yuridik shaxslar. Moliya vazirligi va DSQ yirik soliq to‘lovchilar aniqlanadigan mezonlarni belgilaydi.

Yirik soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqi taqdim qilinmaydi, ular bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi alohida amalga oshiriladi. Ularning soliq hisoboti ular hisobga qo‘yilgan joyi bo‘yicha hududiy DSBlariga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmoniga asosan yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar DSBlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilgan va yakka tartibdagi soliq ma’muriyatchiligi ta’siri doirasiga tushadigan kompaniyalar bu haqda tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida hisobga qo‘yilgan joyi bo‘yicha hududiy DSBlari tomonidan xabardor qilinadi (shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali).

Ikkinchi loyiha SK 84-moddasiga qo‘shimchani ko‘zda tutadi. Taklif etilayotgan tuzatishga ko‘ra, Internet tarmog‘i milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilaydigan organ soliq organlariga domen nomlari ma’murlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu tegishli ma’lumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy vositalar taqdim etish vositasida amalga oshiriladi.

Shu tariqa, elektron tijorat sohasida soliq nazorati mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar