O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi ishonch telefonlariga bo‘ladigan murojaatlarning asosiy qismi savdo nuqtalarida terminallarning ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligi borasidagi shikoyatlarga bog‘liqdir. Bu haqda Telegraf.uz saytiga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Aytilishicha, 2015 yilning 1 sentyabridan buyon bunday murojaatlar asosida amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasida 1 140 holat aniqlanib, bu holatlar davomida 157 511 500 so‘m miqdorida pullar o‘zlashtirilgan. 778 marotaba tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan tovarlar sotilgan.