“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:56
ЎЗO‘Z

Soliqlarning ortiqcha to‘langan qismini 15 kunda qaytarish imkoniyati yaratilmoqda

16 avg, 12:02 6 032 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliqlarning ortiqcha to‘langan qismini 15 kunda qaytarish imkoniyati yaratilmoqda Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali ortiqcha to‘langan soliq summalarini Soliq kodeksining 56—57-moddalariga muvofiq qaytarish, hisobga olish yoki kelgusi to‘lovlar uchun qoldirish bo‘yicha soliq organlariga elektron ariza yuborish imkoniyati yaratilgan. Bu haqda «Davlat soliq qo‘mitasi» axborot xizmatiga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq to‘lovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab amaldagi 30 kun o‘rniga 15 ish kuni ichida amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56—58-moddalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 30 martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan «Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, agar 10 ish kuni mobaynida joriy tushumlarning etishmasligi yoki mavjud bo‘lmaganligi sababli ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati bo‘lmasa, qaytarish yoki hisobga olishi avtomatik tarzda Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, ushbu yo‘riqnomada agar, ortiqcha yoki noto‘g‘ri mablag‘lar kelib tushgan daromad shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga joriy tushumlarni kelib tushishi kutilmayotgan bo‘lsa (asoslangan holda) ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘lovlar istisno tariqasida bir ish kuni mobaynida tegishli byudjet mablag‘lari hisobidan qaytarilishi yoki hisobga olinishi belgilab qo‘yildi.

Mazkur normalar soliq to‘lovchilar uchun ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliq to‘lovlarini qisqa muddat ichida qaytarib olish va ularni maqsadli sarflash imkoniyatini beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar