“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:05
ЎЗO‘Z

Toshkentda ko‘p qavatli uylardagi parabolik antennalar va kondisionerlar olib tashlanmaydi

29 avg, 21:47 7 068 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda ko‘p qavatli uylardagi parabolik antennalar va kondisionerlar olib tashlanmaydi 29 avgust kuni Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati brifing tashkil etdi. Unda poytaxtning bosh ko‘chalarida olib borilayotgan rekonstruksiya, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari borasida so‘z bordi.

Toshkent shahar bosh ko‘chalarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, yo‘l transport infratuzilmasini takomillashtirish, binolar va inshootlarning me’moriy qiyofasini yangilash maqsadida 2015 yilning 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №227-sonli qarori qabul kilingan. Ushbu qarorda 2015-2016 yillarda rekonstruksiya va ta’mirlanadigan Toshkent magistral ko‘chalari ro‘yxati tasdiqlangan.

Hozirgi kunda mazkur ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, bir qator ko‘chalarda yangicha me’moriy o‘zgarishlar, obodonchilik ishlari boshlangan, shuningdek yoritish tizimlari, yo‘laklar, favvoralar, sug‘orish tizimlarini ta’mirlash ko‘kalamzorlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish jarayonlari davom etmoqda.
Binolarni va ko‘p qavatli turar-joylarning holatini o‘rganish jarayonida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Uy-joy kodeksi”ning ayrim bandlari buzilayotgani holatlari aniqlanmoqda (jumladan, Kodeksning 2,5,16,21,24 va 124 bandlari).

Ayniqsa, ko‘p qavatli uylar oldidagi noqonuniy qurilmalar, ayvonlarni o‘zgartirish, g‘isht bilan o‘rab olish va xonadonlar ichidagi noqonuniy ta’mirlashlar nafaqat uylarning fasad qismlari ko‘rinishiga, balki bevosita ularda yashovchi fuqarolar xavfsizligiga ham tahdid qiladi. Bu kabi o‘zgartishlar ko‘p qavatli uylarning qurilish normativlariga ham ziddir. Shu bilan birga, bir qator xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar kabel televidenielari tarmoqlariga ulashda ham uylarning uy yo‘laklari qismida maxsus ajratilgan joylar ko‘zda tutilganiga qaramay, tom ustlari orqali ulashlarni amalga oshirmoqda, bu esa zamonaviy polizol qoplamalarini shikastlaydi, ayrim uylarning fasadlarida esa ulanish simlarining osilib turishi yanada achinarli hol hisoblanadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarda parabolik antennalar yoki kondisionerlar o‘rnatishni cheklashga qaratilgan hech qanday qaror yoki farmoyish qabul qilgan emas. Bunday masala kun tartibiga ham qo‘yilgani yo‘q.

Brifingda Toshkent shahar Kommunal foydalanish birlashmasi rahbari Ilhom Mahkamov jurnalistlarga bu borada batafsil ma’lumot berdi.

"Imkoniyatdan foydalanib ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarimiz, ayniqsa Toshkent shahar magistral ko‘chalari bo‘yidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini O‘zbekiston Respublikasi “Uy-joy kodeksi” talablariga amal qilishga chaqirib qolamiz", dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 516
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar