“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:25
ЎЗO‘Z

31 avgust kuni Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

29 avg, 11:03 7 915 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
31 avgust kuni Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi Bugun Toshkent shahar hokimining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligi bayrami tantanalarini o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida 152-f farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati bergan malumotiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2015 yil 31 avgust va 1 sentyabr kunlari quyidagi ko‘chalarda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanishi belgilandi:

2015 yil 31 avgust kuni soat 15.00 dan to 23.00 gacha:

“Bunyodkor” ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan “Qoratosh” ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Qoratosh” ko‘chasining “Samarqand darboza” ko‘chasidan “Bunyodkor” ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“O‘zbekiston” ko‘chasi – “Bunyodkor” ko‘chasidan “Olmazor” ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Bobur ko‘chasi – “O‘rikzor” ko‘chasidan “Sharshara” ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Beshyog‘och” ko‘chasi – “O‘zbekiston” ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Furqat ko‘chasi – “Sharshara ko‘chasidan” Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Olmazor” ko‘chasi – “O‘zbekiston” ko‘chasidan “Beshyog‘och” ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

“Sebzor” ko‘chasi tonnelga kirish yo‘lidan;

“Zarqaynar” ko‘chasi tonnelga kirish yo‘lidan.

2015 yil 31 avgust kuni soat 15.00 dan 23.00 gacha “Milliy bog‘” va “Bunyodkor” metro bekatlarining “Istiqlol” san’at saroyi joylashgan tomoni vaqtinchalik yopib qo‘yiladi.

Shuningdek, 2015 yilning 1 sentyabr kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan Markaziy zobitlar uyi, Toshkent Hayvonot bog‘i, “O‘zbekiston Davlat Sirki”, “Baxt diyor” guzari oldidagi maydonlarga va G‘ofur G‘ulom, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Furqat nomidagi hamda “Lokomotiv”, “Suvchi” dahasidagi “Quyoshcha nuri” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayllari vaqtida vaziyatga qarab transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Sharoit taqozo etganda, boshqa ko‘chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati to‘xtatilishi mumkinligi belgilandi.

Farmoyishda “Toshshahartransxizmat” AKga barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko‘chalarni aylanib o‘tish uchun jamoat transportining harakat yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritish, xalq sayllari yakunlanganidan so‘ng, shaharning markazi orqali o‘tuvchi jamoat transporti yo‘nalishlaridagi transportlar sonini oshirish topshirig‘i berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar