“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:50
ЎЗO‘Z

Efirdagi chiqishidan keyin Paynet asoschisiga Soliq qo‘mitasi rahbari qo‘ng‘iroq qildi

02 avg, 23:02 7 829 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Efirdagi chiqishidan keyin Paynet asoschisiga Soliq qo‘mitasi rahbari qo‘ng‘iroq qildi O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev Paynet kompaniyasi asoschisi Botir Arifjanovga qo‘ng‘iroq qilishi uning uchun kutilmagan hodisaga aylangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Menga kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilishdi. Menga ertalab Botir Parpiev telefon qildi va uni men press-klubda bildirgan takliflar qiziqtirib qolgani haqida gapirdi. Biz biroz fiskal siyosati haqida gaplashdik, shundan keyin u meni bu takliflarimni o‘z o‘rinbosari bilan uchrashuvda muhokama etishga taklif qildi», – deya yozgan Arifjanov 28 iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «O‘zbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oshirish mexanizmi» mavzusida uchrashuv o‘tkazilgandi. Anjumanda soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish, soliq to‘lovchilarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari muhokama qilingandi.

Botir Arifjanovning tan olishicha, u Botir Parpiev bilan suhbatdan keyin «bizda hammasi yaxshi va barchasi reja bo‘yicha ketmoqda» qabilida fikrlaydigan navbatdagi amaldor bilan zerikarli uchrashuvga tayyorlangan.

Tez orada u Parpievning o‘rinbosari bilan uchrashgan. «Biz qora bozor, daromadlarni yashirish va soliqdan qochish holatlari tufayli iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolarni ochiq muhokama qildik. Aytishni istardimki, u erdagilar muammolar haqida bilishadi va ularni hal etish uchun hamkorlikka tayyorlar», – deya qayd etgan Arifjanov.

Uning yozishicha, Soliq qo‘mitasi qoshida etakchi tadbirkorlar, maslahatchilar va Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida maslahatchi kengash tuzish borasida kelishuvga erishilgan.

Eslatma: Botir Arifjanov 2010 yilda Paynet boshqaruvidan ketgan va ayni vaqtda kompaniyaga aloqador emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 507
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar