“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda har bir chek haqida soliq organlariga ma’lumot etkazadigan nazorat-kassa mashinalari o‘rnatiladi

25 iyul, 10:15 6 276 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda har bir chek haqida soliq organlariga ma’lumot etkazadigan nazorat-kassa mashinalari o‘rnatiladi O‘zbekistonda joriy etilayotgan yangi tizimga muvofiq, urilgan cheklar haqidagi ma’lumot nazorat-kassa apparatlaridan soliq organlariga etkaziladi. Bu «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonida nazarda tutilgan. Bu haqda «Norma» saytiga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

2018 yildan bunday kassa mashinalari Toshkentda, Nukusda va viloyat markazlarida o‘rnatiladi, so‘ng butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etiladi.

«Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi», — deyiladi farmonda.

Onlayn nazorat-kassa mashinalari naqd tushum nazorati avtomatlashgan tizimining bir qismi bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, amaldagi tizim tovar va xizmatlar etkazilishida real naqd tushumni hisoblab borish imkoniyatini bermaydi. Ya’ni, unda nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilishi cheklar va kassa jurnallari bilan qallobliklar amalga oshirilishini istisno qilmaydi, bu esa ayrim soliq to‘lovchilar daromadini past ko‘rsatishiga olib keladi. Bu nafaqat davlat byudjetiga, balki noteng sharoitda raqobatga dosh berishiga to‘g‘ri kelayotgan halol tadbirkorlarga ham zarar keltiradi.

Onlayn texnologiyalarning joriy etilishi:

«Onlayn nazorat-kassa mashinalariga o‘tilishi nazorat-kassa texnikasi qo‘llanilishidagi shunchaki navbatdagi bir o‘zgarish emas. Bu savdo va xizmat sub’ektlari soliq ma’muriyatchiligidagi chinakam inqilobdir», — xulosa qiladi material mualliflari.

Yangi tizimga o‘tilishi:




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar