“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:53
ЎЗO‘Z

“O‘zbekiston-24” telekanali o‘z faoliyatini boshladi

24 iyul, 16:04 9 702 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zbekiston-24” telekanali o‘z faoliyatini boshladi Avvalroq, O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston-24” telekanali sinov efirlarini boshlagani, 24 iyuldan to‘liq efirga chiqishi haqida xabar bergan edik. Va’daga sodiq qolgan holda bugun, 24 iyul kuni soat 10:00 da “O‘zbekiston-24” telekanali ilk bor efirga chiqdi.

Ayni damda teleradiokanal orqali O‘zbekiston hayotidagi voqealar jonli efirda tomoshabinlarga havola etilmoqda.

O‘zbekistonda OAV sohasining rivojiga qaratilayotgan keng qamrovli e’tibor tufayli so‘nggi yillarda bu sohada ko‘plab muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatda davlat va nodavlat OAVlarning kun sayin ortib borishi mamlakatda OAVga bo‘lgan e’tibor, ishonch va ehtiyojning, so‘z erkinligining in’ikosidir.

“O‘zbekiston-24” telekanalining texnik imkoniyatlari, studiyasi boshqa mamlakatlarning jonli efirga chiqadigan axborot telekanallari bilan raqobatlashadigan darajada, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va o‘z bloglaridagi chiqishlari orqali ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan blogerlar, internet-jurnalistlar 23 iyul kuni “O‘zbekiston-24” teleradiokanali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati rahbari Asad Xo‘jaev va O‘zbekiston MTRK raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Alixonov 24 iyuldan o‘z faoliyatini boshlaydigan informasion-tahliliy teleradiokanal va uning imkoniyatlari, rejalar borasida mehmonlarga ma’lumotlar berdilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar