“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:11
ЎЗO‘Z

“O‘zbekiston 24” kanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi

21 iyul, 20:30 7 387 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zbekiston 24” kanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy teleradiokompaniya tarkibida Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladigan va butun respublika bo‘ylab kun-u tun efirga uzatiladigan “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

MTRK tarkibida tashkil etilayotgan “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi.

Yangi kanal dushanba 24 iyul soat 10:00 dan o‘z efirlarini uzata boshlaydi. Xuddi shu kuni “O‘zbekiston 24” radiokanali va www.Uzbekistan24 saytlari ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Dastlab telekanal efirlari yozib olingan holda keyinchalik esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi radio va telekanal “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanallarining chastotalarida efirga uzatiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat.

Kanal SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Mazkur kanallarning ishga tushirilishidan ko‘zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli axborot etkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar