“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:49
ЎЗO‘Z

GM-Uzbekistan «Gentra» va «Matiz» ishlab chiqarishni tugatishni rejalashtirmoqda

06 iyul, 13:53 6 880 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM-Uzbekistan «Gentra» va «Matiz» ishlab chiqarishni tugatishni rejalashtirmoqda GM-Uzbekistan tasarrufidagi Asaka avtomobil zavodiga uyushtirilgan press-tur davomida korxona bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning zavodda ishlab chiqariladigan yangi avtomobillar va ishlab chiqarilishi tugatilayotgan avtomobillar borasidagi savollariga javob berar ekan, «Matiz» avtomobili yaqin orada ishlab chiqarishdan olib tashlanishini ma’lum qildi.

«Xalqimiz tobora sifatli, zamonaviy avtomobillar xarid qilishi tendensiyasi kuzatilmoqda. «Spark» rusumi ham o‘zi aynan «Matiz» avtomobilini almashtirish uchun joriy etilgandi. Yaqin 1–2 yilda «Matiz»ni ishlab chiqarishdan butunlay voz kechmoqchimiz. Chunki, «Matiz» GM’ning zamonaviylik (karbyuratorli avtomobil bo‘lgani sababli — tahr.) shuningdek, xavfsizlik siyosatiga ham mos kelmaydi. Chunki yaqindan boshlab O‘zbekistonning ichki bozorida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar ham xavfsizlik yostiqchasi bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda», dedi u.
Rustam Rajabov yaqin kelajakda «Lacetti» (Gentra) avtomobilini ham ishlab chiqarishni yakunlash mo‘ljallanayotganini malum qildi.

«Lacetti» (Gentra) ham eskirgan model hisoblanadi. Uning o‘rniga shu klassga oid mutlaqo yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Hozircha tijorat siri bo‘lganligi uchun, yangi modelning nomi va unga oid tafsilotlarni sizlar bilan o‘rtoqlasha olmayman», — dedi Rajabov jurnalistlar va blogerlar bilan o‘tkazilgan prezentasiya va matbuot anjumanida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar