“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:42
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi kamchiliklar uchun qator rahbarlarni ogohlantirdi

28 iyun, 08:10 7 057 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi kamchiliklar uchun qator rahbarlarni ogohlantirdi 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. U mahalliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish mavzusiga bag‘ishlandi. "Axborot" dasturida shu haqida xabar berildi.

O‘zbekiston Prezidenti eksport tizimida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilib, sohadagi kamchiliklar va mutaxassislarning mas’uliyatsizligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish zaruratiga diqqatni qaratdi.

Shuningdek videoselektor yig‘ilishida mamlakatning har bir mintaqasi va sohasi bo‘yicha Esport strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi va bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Videoselektor yig‘ilishida ba’zi rahbarlar ishdan olinib, ba’zilariga xayfsan e’lon qilindi. Jumladan, "O‘zbekoziqovqatxolding" va "O‘zagroeksport" kompaniyalari rahbarlari Odilxon Rustamov hamda Jamshid Holmuhammedovlar egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topildi.

Shu bilan birga, "O‘zbekcharmpoyabzali", "O‘zqurilishmateriallari", "O‘zbekyengilsanoat" rahbarlariga xayfsan e’lon qilindi. Bundan tashqari, qator hokimliklar hamda tuman rahbarlari mavjud kamchiliklar uchun ogohlantirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov va tashqi savdo vaziri Elyor G‘anievga sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish vazifasi yuklandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar