“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:32
ЎЗO‘Z

«O‘zbekistan 24» telekanali tez kunda ish boshlaydi

27 iyun, 22:28 7 530 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekistan 24» telekanali tez kunda ish boshlaydi Milliy teleradiokompaniya tarkibida tashkil etilgan yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali yaqin kunlar ichida faoliyat boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrigida keltirib o‘tilgan.

«Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos.

E’tiborga molik jihati shundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Yaqin kunlarda ish boshlaydigan, kechayu kunduz uzluksiz faoliyat olib boradigan O`zbekiston – 24 telekanali milliy axborot makonida o‘z munosib o‘rnini va o‘z tomoshabinlarini topadi, deb ishonamiz», deyilgan tabrik matnida.

Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.

Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.

Prezident qarori bilan «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanali tugatilib, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tgan.

«O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Bundan oldinroq «Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informasion dasturlari yopilishi, barcha yangiliklar «O‘zbekiston 24» telekanalida bo‘lishi ma’lum qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar