“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 22:53
ЎЗO‘Z

«Axborot — bu brend va biz uni saqlab qolamiz». «Davr» ham «Yoshlar»da efirga chiqishda davom etadi

15 iyun, 11:47 6 263 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Axborot — bu brend va biz uni saqlab qolamiz». «Davr» ham «Yoshlar»da efirga chiqishda davom etadi 14 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilning 2 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston 24» axborot tahliliy teleradiokanali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadbirda spikerlarga ko‘plab savollar berildi, jumladan, barchani qiziqtirayotgan «Axborot» hamda «Tahlilnoma» ko‘rsatuvlarining keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Avvalroq, «O‘zbekiston 24» telekanali efirga chiqishni boshlashi bilan «O‘zbekiston» telekanalidagi «Axborot», «Yoshlar» telekanalidagi «Davr» va Toshkent telekanalidagi «Poytaxt» informasion dasturlari o‘z faoliyatini to‘xtatadi deya xabar berilgandi.

Bu savolga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Alixonov javob berdi: «Biz bu brendni saqlab qolamiz deb o‘ylayman. «Axborot» — bu shunchaki ko‘rsatuv emas, aksariyat aholimiz bu ko‘rsatuvga o‘rganib qolgan va uni o‘nlab yillar davomida ma’lum bir vaqtda kutadi. Bu ko‘rsatuvni ko‘rish o‘ziga xos an’ana, hayot tarziga aylanib ulgurgan. Aynan shu tufayli biz «O‘zbekiston» telekanali dasturlarida ushbu ko‘rsatuv bo‘lishi kerak degan fikrga keldik».

«Axborot» brendi ba’zi o‘zgartirishlar bilan saqlanib qolinadi. Ko‘rsatuv nomi ham «Axborot 24»ga o‘zgarib, kechgi vaqtda efirga chiqadi va kunning yakuniy yangiliklarini yoritib boradi. «Axborot 24» bir vaqtning o‘zida «O‘zbekiston 24» hamda «O‘zbekiston» telekanallarida efirga uzatiladi. «Tahlilnoma» ko‘rsatuvi ustida esa ishlar davom etmoqda. Bu kabi tahliliy ko‘rsatuv «O‘zbekiston 24» kanalining dasturlari orasida albatta bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Alixonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 116
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 39
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 44
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 131
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 29
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 341
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 322
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 126
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Bo‘limlar