“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik loyihalarni amalga oshirmoqchi

09 iyun, 11:25 8 441 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik loyihalarni amalga oshirmoqchi O‘zbekiston Afg‘oniston hududida qator infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ular orasida temir va avtomobil yo‘llari, shuningdek, yuqori voltli elektr o‘tkazish liniyalarini qurish bor. Bu Qonunchilik aktlarini muhokama qilish portaliga muhokama uchun qo‘yilgan - yuk tashish uchun tashqi savdo yo‘nalishlari diversifikasiyasi va ularni xalqaro infrastrukturaga integrasiya qilish bo‘yicha kompleks dasturida nazarda tutilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Taklif etilayotgan choralar doirasida Afg‘oniston hududida qator loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan: mamlakat shimoli-g‘arbida iqtisodiy yo‘lak yaratish, temir va avtomobil yo‘llari, shuningdek, “Mozori Sharif–Shibirg‘on–Maymana–Hirot” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori voltli elektr uzatish liniyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Milliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular mahsulotining xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish uchun asosiy eksport yuklarini (paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari va boshqalar) temir yo‘l transporti orqali turli yo‘nalishlar bo‘yicha olib o‘tishda tarif preferensiyalarini olish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Hujjatda “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” temir yo‘li qurilishi loyihasi ham bor. Uni tashkil etish uchun uch tomonlama ishchi guruhining yig‘ilishini o‘tkazish kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar