“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:48
ЎЗO‘Z

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga 995,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi

06 iyun, 09:26 6 389 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga 995,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi 2017−2021 yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.

Mazkur choralar O‘zbekiston Prezidentning 3 iyundagi tegishli qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi Gazeta.uz sayti.

Ushbu qaror bilan O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofiq:

Dastur ijrosi doirasida sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga «Sportchi» lavozimi joriy etilishi O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muhim qadam vazifasini o‘taydi. Shuningdek, sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida «Sport to‘garagi va seleksiya bo‘yicha trener» lavozimi kiritiladi.

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etiladi. Qarorda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish belgilandi.

Dasturga ko‘ra, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport o‘yinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobaqa g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.

Hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlari tashkil etilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar