O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Bu mukofotni u O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov qo‘lidan qabul qilib oldi. Taqdirlash marosimi «Oqsaroy» qarorgohida bo‘lib o‘tdi, deb «Kun.uz» xabar bermoqda.
«El-yurt hurmati» ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.