“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:44
ЎЗO‘Z

«Dilkusho»ning buzilishi sabablari: Buxoro hokimligi «Ozodlik» radiosiga raddiya berdi

10 мая, 09:56 12 274 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Dilkusho»ning buzilishi sabablari: Buxoro hokimligi «Ozodlik» radiosiga raddiya berdi Buxoro hokimligi «Ozodlik radiosi» tarqatgan xabarga raddiya e’lon qildi, deb yozadi Sof nashri. Maqola avvalida — Buxoro shahridagi «Dilkusho» dehqon bozori xususida ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga munosabat, degan so‘zlar keltirib o‘tilgan.

Hammasi qanday boshlangan edi?
Aniqlik kiritish lozimki, joriy yilning 18 aprel kuni «Ozodlik» Buxoro markazidagi «Dilkusho» bozori buzilib, gipermarketga aylanishi haqida xabar tarqatdi. Xabarda tadbirkorlar roziligisiz amalga oshirilayotgan bu ishlar ayrim tadbirkorlarning qon bosimi oshib ketishiga sabab bo‘lgani ta’kidlandi.

Buxoro hokimligi matbuot-xizmati xorij OAVlarida e’lon qilingan xabarlarga javoban «O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan har bir islohot avvalo aholi manfaatlarini himoya qilish, ular turmush darajasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganini» aytdi.

O‘zgarishlar zamirida ezgu maqsad yotibdi
Hokimlik O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga uyushtirgan tashrifi hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yuksaltirish, aholiga qulay turmush sharoitlarini yaratish borasida yangi davrni boshlab berganini qayd etgan.

«Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarga mo‘ljalangan, shaharsozlik, sanoat, kichik biznes, transport, qurilish industriyasi, qishloq xo‘jaligi, turizm, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarni rivojlantirishga oid umumiy qiymati 3 trillion so‘mdan ortiq 4,5 mingta loyiha ishlab chiqilib, bu maqsadlar uchun joriy yilning o‘zidayoq banklar, xorijiy investorlar hamda ishbilarmonlar hisobidan 1 trillion 32 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan», — deb hisobot bergan hokimlik.

Ana shunday yirik loyihalardan biri sifatida 2017-2019 yillarda viloyatdagi barcha dehqon bozorlarining qayta rekonstruksiya qilinib, ushbu majmualarda zamonaviy savdo majmualari bunyod etilishi ko‘zda tutilgani ta’kidlangan.

Bozorlarni rekonstruksiya qilish haqidagi qarorlar xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdoni tashkil etish sohasida zamonaviy talablarga muvofiq savdo xizmati ko‘rsatishning ilg‘or tajribasi va yuksak madaniyatini keng targ‘ib qilish, mavjud dehqon bozorlarini mukammal rekonstruksiya qilish singari ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etgani ta’kidlangan.

Buxoroda qayta quriladigan bozorlar ro‘yxati
Hokimlik xabariga ko‘ra, 2017 yilda Buxoro shahridagi «Dilkusho», «Markaziy dehqon bozori», Kogon shahridagi «Sohibkor», G‘ijduvon tumanidagi «G‘ijduvon» dehqon bozorlari, 2018 yilda esa Buxoro shahridagi «Sharq», Kogon shahridagi «Saxovat», G‘ijduvon tumanidagi «Zafarobod», Buxoro tumanidagi «Gala Osiyo dehqonobod», Peshku tumanidagi «Peshku-Navoiy», shuningdek, Olot, Vobkent, Jondor, Shofirkon, Qorovulbozorlari, shuningdek, 2019 yilda Buxoro shahridagi «To‘qimachi» hamda Qorako‘l va Romitan dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi.
Bozorlarning har birida turli tipdagi zamonaviy supermarketlar quriladi, deyilgan xabarda.

Dilkushoning buzilishi sabablari
Hokimlik ayni paytda Buxoro shahridagi yirik savdo majmualaridan biri hisoblangan «Dilkusho» dehqon bozori kapital rekonstruksiya va qayta qurilishi ko‘zda tutilganini aytib o‘tgan.
O‘tgan asrning 70-yillarida barpo etilgan bozor ham me’moriy echim, ham aholi xavfsizligi, ham sanitariya nuqtai nazaridan bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermay qolgan edi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, bozor atrofidagi rastalar, noqonuniy qurilmalarning ko‘pligi, ularning rejasiz joylashtirilganligi xaridorlar harakatlanishiga ko‘pgina noqulayliklar tug‘dirardi.
Ayni ushbu omillar tufayli bozor faoliyatini bugungi zamon standartlariga mos tarzda qayta tashkil etish ehtiyoji tug‘ilgani aytilgan.
«Bu borada yangi ko‘rinishdagi bozor hududi aniqlanib, uning loyihasi bir necha variantlarda ishlab chiqilib, ular orasida eng maqbuli tasdiqlanadi», aniqlik kiritgan hokimlik.

Barcha zarar qonunchilik asosida qoplanadi
Qarorda bozor qurilishi uchun hududlar tayyorlanishi hamda bino va inshootlar buzilishi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bunda savdo do‘koni binosiga egalik huquqi mavjud tadbirkorlar tegishli hujjatlarni viloyat hokimining 2017 yil 31 martdagi qarori asosida tuzilgan hududiy ishchi komissiyasiga taqdim etgan taqdirda ularga yangitdan quriladigan bozor hududidan teng hajmda joy ajratib beriladi, deyilgan.

Hokimlikning buxoroliklarga murojaati
«Shahar hududida keng ko‘lamli obodonchilik tadbirlari, ko‘p qavatli turar-joy binolari, universal sport majmuasi qurilishi ishlarining amalga oshirilishi ham shahar chiroyiga ko‘rk qo‘shish bilan birga aholini ish bilan ta’minlash, ular turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu dasturlarning amalga oshishi o‘z navbatida hududda turizmning rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda, yuqorida qayd etilgan amaliy harakatlar va istiqboldagi dasturlarning amalga oshirilishi yurtdoshlarimizning bevosita qshllab-quvvatlashlariga ham bog‘liqdir.
Zero shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishni istamagan yurtdoshlarimiz bo‘lmasa kerak», — deyilgan hokimlik murojaatida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 512
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar