“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:24
ЎЗO‘Z

Yangi farmonga sharh: tadbirkorlarni Prezident vakili himoya qiladi

06 мая, 07:24 8 531 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi farmonga sharh: tadbirkorlarni Prezident vakili himoya qiladi Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xususiy mulkning qonuniy hamda amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, iqtisodiyotda davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.

Bu borada qabul qilingan qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish yo‘lida qat’iy tartib o‘rnatildi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati sub’ekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilmoqda. Qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati sub’ektining foydasiga hal etilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqildi va qabul qilindi. U xususiy mulk huquqiga g‘ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilish tizimini tubdan soddalashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yanada yengillashtirish masalalari ham davlatimiz e’tiborida turibdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarining faoliyati sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini yanada kengaytirishga qaratilgan aniq choralar belgilandi.

Bu sa’y-harakatlar tadbirkorlik sub’ektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi roli va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish xohish-istagi oshib, yildan-yilga tadbirkorlik sub’ektlarining soni ko‘paymoqda. Tadbirkorlik faoliyati aholini ish bilan ta’minlashda, odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirishda hal qiluvchi omillardan biriga aylandi.

Islohotlar samaradorligi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining yangi ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish hamda mamlakatimizda yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bilan uzviy bog‘liqligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda – Vakil) ta’sis etilmoqda. Ushbu institut kelgusida tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari o‘rtasidagi samarali muloqotning yangi mexanizmlarini joriy qilishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan davlat himoyasining qo‘shimcha kafolatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Farmon bilan Vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilanmoqda. Unga ko‘ra, Vakil mazkur sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalarni bajaradi. Shuningdek, sohadagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish, ularning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’sirini baholash, tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Vakil Farmonda belgilangan o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi. Vakil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor hisoblanadi. Bu qoida Vakilning o‘z faoliyatini faqatgina O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga bo‘ysungan holda amalga oshirishida, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining har qanday shaklda buzilishiga nisbatan adolat, qonun ustuvorligi hamda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi nuqtai nazaridan xolisona baho berishida, qonun buzilishlarga o‘z vaqtida barham berish uchun qat’iy choralarni ko‘rishida, qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ygan barcha mansabdor shaxslar uchun jazoning muqarrarligi prinsipini ta’minlashida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Farmon bilan Vakilga o‘z vazifalarini bajarishi uchun qator huquq va vakolatlar berilmoqda. Jumladan, Vakil tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish bo‘yicha qonunchilikning so‘zsiz ijro etilishini o‘rganish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqiga ega.

Shu bilan birga, Vakil davlat organlari va boshqa muassasalar mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirishi, ularga aniqlangan qonun buzilish holatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi mumkinligi ko‘zda tutilayapti. Vakil tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilishi, davlat organlarining tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq yig‘ilishlarida ishtirok etishi mumkin.

Ushbu huquq va vakolatlarning amalda ro‘yobga chiqarilishi sohadagi qonunchilik talablarini tadbirkorlik sub’ektlari fikrlari, taklif va ehtiyojlaridan, mavjud muammolar, huquqni qo‘llash amaliyotining har tomonlama tahlilidan kelib chiqqan holda, doimiy ravishda takomillashtirib borishga hamda qonun hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga zamin yaratadi. Eng muhimi, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning, shu jumladan, har xil asossiz tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan aralashuvlarning zudlik bilan barham berilishiga, ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishining har qanday shaklining oldini olish uchun samarali choralar ko‘rilishiga, tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan huquqlarini tiklash, shu jumladan, sud orqali tiklash mexanizmlaridan unumli foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Farmonda Vakil devoni faoliyati tashkil etilishi belgilanib, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Vakil va uning devoni faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni hal etish ham nazarda tutilmoqda.

Ushbu hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Unda Vakil faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari, asosiy prinsiplari, uning huquq va majburiyatlari, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, davlat organlari, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik tartibini belgilash rejalashtirilmoqda.

Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi, shubhasiz, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlari ustuvorligini amalda ta’minlash, Vakil zimmasidagi vazifalarni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida samarali muloqotni mustahkamlash, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini rag‘batlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini biror-bir shaklda buzish holatlariga barham berish imkoniyatini yaratadi. Pirovardida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, aholini barqaror va sifatli ish bilan ta’minlash, odamlar turmush sifati va darajasini yanada yaxshilash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar