“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:38
ЎЗO‘Z

Abiturientlar uchun yangilik: 2017 yilda qo‘shimcha shartnoma orqali talaba bo‘lish mumkin

05 мая, 19:25 10 140 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abiturientlar uchun yangilik: 2017 yilda qo‘shimcha shartnoma orqali talaba bo‘lish mumkin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarori chiqdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston OTMlariga 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab oshirilgan shartnoma stavkalari bo‘yicha talabalar qo‘shimcha tarzda qabul qilishga ruxsat berildi.

Qo‘shimcha qabul uchun kvotalar miqdori O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan o‘rnatiladi. Bunda oliy ta’lim muassasasi salohiyati va ta’lim yo‘nalishidan kelib chiqiladi.

Qo‘shimcha qabulda oshirilgan stavka bo‘yicha shartnoma miqdori abiturientlar tomonidan yig‘ilgan balldan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qo‘shimcha qabul o‘tish ballarini yig‘a olmagan (kamida 68 ball) abiturientlar navbatiga qarab qat’iy tarzda amalga oshiriladi, bunda ularning oshirilgan stavka bo‘yicha shartnomani to‘lay olish imkoniyati hisobga olinadi.

2017/2018 o‘quv yilida bakalavriat uchun o‘qishga qabul qilish umumiy kvotasi 66316 kishini tashkil etmoqda (o‘tgan yili — 57907), xususan, davlat granti bo‘yicha - 18194 va to‘lov-shartnomasi asosida - 48122. Magistratura uchun raqam 5000 ga teng, grant bo‘yicha – 1556 va pulli asosda - 3444.

Ishlab chiqarishdan uzoqlashmagan holda maxsus sirtqi bo‘limlarda ta’lim olish uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 100, davlat granti bo‘yicha – 15 va to‘lov-shartnomasi asosida - 85, Navoiy davlat konchilik instutida – to‘lov-shartnomasi asosida 90 kishi va Toshkent temir yo‘l transport muhandislari institutida – to‘lov-shartnomasi asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash ko‘zda tutilgan

Joriy o‘quv yilidan boshlab yuqori malakali tibbiy kadrlarga ehtiyoj bo‘lgan mintaqalar uchun tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari bo‘yicha bakalavriat bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun manzilli qabul kvotasi tasdiqlandi.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vazirlik va idoralar – kadrlarni manzilli tayyorlash buyurtmachilariga – oliy ta’lim bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha majburiyat yuklatildi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan bakalavriat va magistraturaga qabul kvotasi 18 foizga oshirilishi haqida xabar bergandik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar