“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:57
ЎЗO‘Z

Toshkentda «o‘zbek–nemis innovasion muloqoti» bo‘lib o‘tadi

04 мая, 22:24 5 647 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda «o‘zbek–nemis innovasion muloqoti» bo‘lib o‘tadi 2017 yil 10-12 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadigan X Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida III Toshkent xalqaro innovasion forumi bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy vazifasi – dunyoda innovasiya tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, innovasiya faoliyatining rivojlanish holati, muammolari va istiqbollarini tahlil qilish, milliy innovasiya tizimini shakllantirishda turli omillarning o‘rnini aniqlash, innovasion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilish hamda dunyoda O‘zbekistonni innovasion faolligi yuqori bo‘lgan hududga aylantirishdan iborat.

Bu yilgi Forum, asosan, O‘zbekiston-Germaniya davlatlarining innovasiyalar sohasidagi hamkorliklari istiqbollariga bag‘ishlangan bo‘lib, «O‘zbek–Nemis innovasion muloqoti – bilimlarga asoslangan jamiyat qurish kelajagi» deb nomlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda ilmiy va innovasion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar boshqaruvida innovasion yondashuvlar, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi hamda ilm-fan sohasida yuqori saviyadagi kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or davlatlar, xususan Germaniya tajribasi, o‘zbek olimlarining evropa ilmiy tashkilotlari bilan kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik olib borish yo‘llari kabi masalalar muhokama etiladi.

Shuningdek, Forum doirasida O‘zbekiston-Rossiya va O‘zbekiston-Xitoy davlatlari o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasida loyihalar shakllantirish yuzasidan “Xalqaro ilmiy-texnikaviy loyihalarda ishtirok etishning talab va qoidalari” deb nomlangan seminar va dunyodagi etakchi xalqaro ilmiy-texnika axboroti bilan ta’minlovchi Web of Science, Springer, EBSCO kabi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish” mavzusidagi taqdimotlar tashkil etiladi.

Forum ishida Germaniya, Bolgariya, Rossiya Federasiyasi, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qozog‘iston, shuningdek, BMT, YuNESKO, Jahon banki, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi ofisi, Erasmus+ Milliy ofisining etakchi olimlari, mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishadi.

Tadbir yakunida Forumning tavsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha “Innovasilar taraqqiyot yo‘li” deb nomlangan davra suhbati o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 513
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar