“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:16
ЎЗO‘Z

«Ko‘chirmachilikka chek qo‘yamiz»: O‘zbekistonda mualliflik huquqi bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

27 apr, 09:08 6 534 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ko‘chirmachilikka chek qo‘yamiz»: O‘zbekistonda mualliflik huquqi bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi 26 aprel kuni Toshkent shahridagi “Radission Blu” mehmonxonasida Xalqaro intellektual mulk kuni va “YANGI INTELLEKT-2017” – eng yaxshi intellektual mulk ob’ekti uchun tanlovga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

26 aprel kuni butun dunyoda Halqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Halqaro intellektual mulk kunini nishonlash 2000 yilda Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) a’zo-davlatlar tomonidan keng ommani intellektual mulk muammosi bilan tanishtirish maqsadida taklif qilingan.

Har yili 26 aprelda BIMT boshchiligida innovasiyalar va ijodiyotni rag‘batlantirishda intellektual mulkning roli to‘g‘risidagi masala bo‘yicha keng munozaralar o‘tkaziladi.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 2017 yilning mavzusini “Innovasiyalar: farovon hayot uchun” deb nomladi. Butun dunyoda iqtisodiy rivojlanishning muhim omili deb tan olinadigan ilmiy-texnikaviy rivojlanish innovasiya jarayoni tushunchasi bilan bog‘lamoqda. Innovasiya jarayoni bu ilmiy g‘oya vujudga kelgandan boshlab, to uni moddiylashtirishgacha bo‘lgan holatlarning o‘zaro bog‘liq majmuasidan iboratdir. Ushbu jarayon ilm-fan, texnika, iqtisodiyot, tadbirkorlik va boshqaruvni birlashtiradi.

Bugungi tadbirda IMA o‘z faoliyatlari haqida taqdimot o‘tkazib, jurnalistlar tomonidan yo‘llangan savollarga javob berildi. Agentlik joriy yilda amalga oshiriladigan qator loyihalar, seminar va treninglar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Shuningdek, respublikada mualliflik huquqini muvaffaqiyatli amalga oshirish loyihasi ham ishlab chiqilgani va ayni damda bu hujjat ustida muhokama hamda kelishuvlar olib borilayotgani ham ma’lum qilindi. Bu hujjat musiqachilar, shoirlar, san’atkorlar, bastakorlar va boshqalarning mualliflik huquqi poymol bo‘lmasligi va hozirda avj olib borayotgan "ko‘chirmachilik"ning oldini olishga yordam beradi. Mazkur loyiha tasdiqlanganidan so‘ng agentlik u to‘g‘risida batafsil ma’lumotni taqdim etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 515
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar